Resurslar
FAQ
Muammoingizni tez hal qilish uchun tez-tez beriladigan savollar bilan tanishing
- Ajratilgan server (Bare Metal) — bu bitta mijoz tomonidan to‘liq ijaraga olinadigan jismoniy server. VPS'dan farqli ravishda, CPU, RAM va disk resurslarini hech kim bilan bo‘lishmaysiz — uskunaning barcha quvvati faqat sizga tegishli.
- VPS quvvati yetarli bo‘lmaydigan hamda maksimal unumdorlik va to‘liq nazorat muhim bo‘lgan loyihalar uchun: - Yuqori yuklamali saytlar va internet-do‘konlar; -Yirik ma'lumotlar bazalari va disk I/O’si intensiv bo‘lgan vazifalar; -Korporativ infratuzilma: 1C/ERP/CRM, virtualizatsiya, RDP; -Xavfsizlik va izolyatsiyaga yuqori talab qo‘yiladigan loyihalar; -Ilmiy va muhandislik hisob-kitoblari, Big Data, SI/ML
- Ajratilgan server — jismoniy serverning barcha quvvati faqat sizga tegishli bo‘ladi, har qanday yuklama ostida maksimal va barqaror unumdorlikni ta'minlaydi. VPS — quvvati pastroq, biroq arzonroq, bir necha daqiqada ishga tushiriladi va oson masshtablanadi. Tanlov vazifalar va budjet muvozanatiga bog‘liq.
- Kapital xarajatlarsiz. Uskunani bir martalik xarid qilish (CAPEX) o'rniga belgilangan oylik to'lovni (OPEX) amalga oshirasiz. Ekspluatatsiya xarajatlari kiritilgan. Data-markazda joylashtirish, elektr ta'minoti/sovitish/kanallarni zaxiralash, texnik xizmat ko'rsatish va butlovchi qismlarni almashtirish — bizning zimmamizda. Moslashuvchanlik. Konfiguratsiyani yangi uskuna xarid qilmasdan turib vazifaga mos ravishda o'zgartirish mumkin.
- Narx konfiguratsiyaga bog‘liq: CPU modeli va yadrolar soni, RAM hajmi, disklarning turi va sig‘imi. Biz yashirin to‘lovlarsiz oldindan ma'lum bo‘lgan oylik narxni taklif qilamiz.
- Elektr ta'minoti, sovitish va tarmoq infratuzilmasi zaxiralangan professional ma'lumotlar markazlarida.
- Ha, mijoz serverga to‘liq ma'muriy kirish huquqiga ega bo‘ladi.
- Ha — RAM hajmi, disklarning turi va soni, operatsion tizim, zaxira nusxalash parametrlari. Nostandart talablar bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling — sizga mos yechimni tanlashda yordam beramiz.
- Shaxsiy kabinetda ariza yoki tiket qoldiring. Buyurtma bo‘yicha CPU/RAM/disklar (SSD/NVMe/HDD), RAID, IP manzillari soni va aloqa kanalidan tortib, ma'lumotlarni saqlash tizimi (MST), firewall hamda tarmoq uskunalarini o‘z ichiga olgan kompleks yechimgacha bo‘lgan konfiguratsiyani tayyorlaymiz.
- Ha, istalgan vaqtda qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali: disklarni qo‘shish/almashtirish, RAM hajmini oshirish, VPS yoki S3 saqlashni ulash mumkin. Mutaxassis ish hajmi, narxi va server ishlamaydigan vaqtni oldindan kelishib oladi.
Loyihangiz uchun eng yaxshi yechimni tanlaymiz
Ma’lumotlarni to‘ldiring va menejer tasdiqlash uchun siz bilan bog‘lanadi
Tarqatmalarimizga obuna bo‘ling
Xosting sohasidagi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling